Sun’iy intellekt yechimlari — biznes uchun AI botlar va avtomatik tahlil
Sun’iy intellektni o‘yinchoq sifatida emas, aniq ishni tezlashtiradigan vosita sifatida qo‘llaymiz: arizalarni saralash, savollarga javob berish, ma’lumotlardan xulosa chiqarish.
Ko‘p kompaniyalarda xodimlar vaqti takroriy ishlarga ketadi: bir xil savollarga javob berish, kelgan anketalarni o‘qib chiqish, hujjatlardan kerakli ma’lumotni ko‘chirish. Zamonaviy til modellari bu ishlarning katta qismini bajara oladi. Biz ularni mavjud tizimingizga yoki Telegram botga ulaymiz: ishning zerikarli qismini dastur bajaradi, yakuniy qarorni esa xodim qabul qiladi.
Turizm kompaniyasi uchun yaratgan HR botimiz shunday ishlaydi: nomzod Telegramda anketani to‘ldiradi, bot javoblarni PDF hujjatga aylantiradi, sun’iy intellekt esa nomzodlarni talablar bo‘yicha saralab beradi. Kadrlar bo‘limi har bir anketani qo‘lda o‘qib o‘tirmaydi, saralangan ro‘yxatdan boshlaydi. Shu yondashuv bilan mijozlar savollariga javob beradigan AI bot yoki murojaatlarni toifalarga ajratadigan yechim qurish mumkin.
AI yechimni alohida mahsulot sifatida emas, mavjud jarayoningizga qo‘shimcha sifatida quramiz: ma’lumot qayerdan keladi, natija kimga va qaysi shaklda boradi, qayerda inson tekshiruvi kerak. Maxfiy ma’lumotlar bilan ishlashda nimani tashqi modelga yuborish mumkinligini oldindan kelishib olamiz. Savdo, ombor yoki CRM ma’lumotlari bo‘yicha avtomatik hisobot va qisqa tahlillar ham shu tizimga qo‘shiladi.
Nimalar qilamiz
- AI yordamchi botMijozlar savollariga kompaniya ma’lumotlari asosida javob beradi.
- Anketalarni saralashNomzodlar anketalarini talablar bo‘yicha baholab, ro‘yxat tuzadi.
- Hujjatlarni qayta ishlashHujjat va arizalardan kerakli ma’lumotni ajratib oladi.
- PDF va hisobotlarJavoblar va natijalarni tayyor PDF hujjatga aylantiradi.
- Ma’lumotlar tahliliSavdo va ish ko‘rsatkichlari bo‘yicha qisqa xulosalar tayyorlaydi.
- Tizimga ulashTelegram bot, CRM yoki admin panel ichida ishlaydi.
Kimlar uchun
- Kadrlar bo‘limi va HR
- Turizm agentliklari
- Mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari
- Ko‘p hujjat bilan ishlaydigan ofislar
- Savdo va distributsiya kompaniyalari
- O‘quv markazlari
Shu yo‘nalishdagi loyihalar
Barcha loyihalar-
- ERP tizimi
- Sotuv va ombor
- Mijozlar va yetkazib beruvchilar
- macOS desktop ilova
- Telegram xabarlari
- +3
Tom materiallari do‘koni
Tom yopish materiallari do‘koni uchun ERP, avtomatik yangilanadigan macOS ilova, mijozlarga Telegram orqali xabarlar, 3D tom dizayneri va AI tahlil boti.
-
- Telegram anketa
- PDF hujjat
- AI saralash
- HR baholashi
Turizm kompaniyasi
Turizm kompaniyasi uchun HR bot: nomzod Telegram’da rasmiy anketani to‘ldiradi, u PDF hujjatga aylanadi, AI nomzodlarni saralaydi, HR esa qo‘lda baholaydi.
Savollar
AI yechim narxi qancha?
Narx vazifa va ulanadigan tizimlarga bog‘liq, bundan tashqari AI model xizmatidan foydalanish uchun alohida oylik xarajat bo‘lishi mumkin. Ariza qoldiring — vazifani aniqlab, narx va muddatni aytamiz.
Sun’iy intellekt xato qilmaydimi?
Xato qilishi mumkin, shuning uchun muhim qarorlarni inson tasdiqlaydigan qilib quramiz. AI saralaydi va tayyorlaydi, yakuniy qarorni xodim qabul qiladi.
AI o‘zbek tilida ishlaydimi?
Zamonaviy til modellari o‘zbek, rus va ingliz tillarida matnni tushunadi va yoza oladi. Sifatni loyiha boshida sizning haqiqiy ma’lumotlaringizda sinab ko‘ramiz.
Ma’lumotlarimiz xavfsizmi?
Qaysi ma’lumot AI modelga yuborilishini oldindan kelishib olamiz va keraksiz shaxsiy ma’lumotlarni yubormaymiz. Ma’lumotlar bazasi va tizimning o‘zi loyihangiz serverida saqlanadi.