Telegram bot yaratish — buyurtma, xabar va nazorat uchun botlar
O‘zbekistonda mijozlar va xodimlar bilan muloqot asosan Telegramda bo‘ladi. Aynan shu yerda ishlaydigan bot yaratamiz: buyurtma oladi, xabar yuboradi, topshiriqlarni nazorat qiladi.
Telegram bot mijozga ilova o‘rnatmasdan xizmatingizdan foydalanish imkonini beradi. Bot orqali buyurtma, ariza yoki so‘rov qabul qilish, buyurtma holatini xabar qilish, mijozga chek yoki hisob yuborish mumkin. Murakkabroq ekranlar kerak bo‘lsa, Telegram mini-ilova (Web App) yaratamiz: katalog, savatcha va formalar Telegram ichida oddiy sayt kabi ochiladi.
Botlarni Python (aiogram) yoki Node.js (grammY) bilan yozamiz, ma’lumotlarni PostgreSQL bazasida saqlaymiz. Bot alohida turmaydi: u CRM, ombor yoki admin panel bilan bitta bazada ishlaydi. Masalan, tom yopish materiallari do‘koni tizimida mijozlarga xabarlar Telegram orqali boradi, bir kafe va ishlab chiqarish korxonasida esa nazoratchi bot ishlaydi. Bir nechta kompaniyaga birdaniga xizmat qiladigan botlarni ham quramiz.
Topshiriqchi — bizning Telegram botlarimizga yaxshi misol. Rahbar xodimlarga bot orqali topshiriq beradi, xodim bajarganini video bilan tasdiqlaydi, rahbar esa natijani bir joyda ko‘radi. Tizim ko‘p kompaniyali: har bir kompaniya o‘z xodimlari va topshiriqlari bilan alohida ishlaydi. Bunday bot xodimlar nazoratini qog‘oz va cheksiz qo‘ng‘iroqlarsiz, oddiy va shaffof qiladi.
Nimalar qilamiz
- Buyurtma botlariKatalog, savatcha va buyurtmani Telegramning o‘zida qabul qilish.
- Mini-ilovalar (Web App)Telegram ichida ochiladigan to‘liq interfeysli sahifalar.
- Mijozga xabarlarBuyurtma holati, to‘lov eslatmasi va yangiliklarni avtomatik yuborish.
- Xodimlar nazoratiTopshiriq berish, muddat belgilash, foto yoki video bilan hisobot.
- Anketa va arizalarKetma-ket savollar, fayl yig‘ish va natijani PDF shaklida olish.
- Tizimlar bilan ulashBot CRM, ombor, sayt va admin panel bilan bitta bazada ishlaydi.
Kimlar uchun
- Do‘konlar va onlayn savdo
- Kafe, restoran va novvoyxonalar
- Yetkazib berish xizmatlari
- Xodimlari ko‘p kompaniyalar
- Kadrlar bo‘limi va HR
- O‘quv markazlari
Shu yo‘nalishdagi loyihalar
Barcha loyihalar-
- Ombor tizimi
- Server va admin panel
- Mijozlar ilovasi
- Xodimlar va rahbariyat ilovasi
- Ofitsiant ilovasi
- +3
Kafe va ishlab chiqarish
Markazida ombor tizimi turgan kafe va ishlab chiqarish platformasi: mijozlar, xodimlar, ofitsiantlar va chek printeri uchun alohida ilovalar bitta server bilan ishlaydi.
-
- ERP tizimi
- Sotuv va ombor
- Mijozlar va yetkazib beruvchilar
- macOS desktop ilova
- Telegram xabarlari
- +3
Tom materiallari do‘koni
Tom yopish materiallari do‘koni uchun ERP, avtomatik yangilanadigan macOS ilova, mijozlarga Telegram orqali xabarlar, 3D tom dizayneri va AI tahlil boti.
-
- Server va veb-panel
- Ota-onalar va ustozlar ilovasi
- Face ID davomat
- Maktab tarmog‘idagi agent
- Telegram bot
Maktablar
Maktablar uchun veb-panelga ega boshqaruv tizimi, ota-onalar va ustozlar ilovasi, Hikvision Face ID orqali avtomatik davomat va Telegram bot.
Mavzuga oid maqolalar
Barcha maqolalarSavollar
Telegram bot yaratish narxi qancha?
Narx botning vazifalari va qaysi tizimlarga ulanishiga bog‘liq. Ariza qoldiring — vazifani aniqlab, narx va muddatni aytamiz.
Bot bilan mini-ilovaning farqi nima?
Bot xabarlar va tugmalar orqali ishlaydi. Mini-ilova esa Telegram ichida ochiladigan sahifa: unda katalog, filtr va formalar oddiy saytdagidek qulay bo‘ladi.
Bot mavjud dasturimiz bilan ishlay oladimi?
Ha, agar dasturda API yoki ma’lumotlar bazasiga kirish imkoni bo‘lsa. Avval mavjud tizimni ko‘rib chiqamiz va ulash yo‘lini taklif qilamiz.
Bot qayerda ishlaydi, kompyuterni yoqib qo‘yish kerakmi?
Yo‘q. Bot bulut serverda kecha-kunduz ishlaydi, uni joylashtirish va sozlashni o‘zimiz qilamiz.