Namangandagi IT kompaniya
UFLEX — Namangan viloyatidagi IT jamoa. Biznesingiz uçun sayt, dastur, mobil ilova, Telegram bot va CRM tizimini quramiz, işga tuşiramiz va keyin ham qöllab-quvvatlaymiz.
- 2017-yildan beri 1000+ loyiha
- Kiçik biznesdan yirik platformalargaça
- Namangan viloyati
Namanganda biznes yuritsangiz, sizga uzoqdagi emas, yoningizdagi va telefonga javob beradigan jamoa kerak böladi. UFLEX Yangiqörǵon tumanidagi Rovut şaharçasida joylaşgan. Namangan şahri va viloyat tumanlaridagi mijozlar bilan uçraşuvga özimiz boramiz: biznesingiz qanday işlaşini joyida köramiz va şundan keyin tizimni loyihalaymiz.
Köpçilik bizni «IT kompaniya», «ayti firma» yoki şunçaki «dasturçilar» deb qidiradi. Nomi qanday bölmasin, vazifa bitta: qoǵoz daftar, Excel va qölda yuritiladigan hisobni işonçli tizimga almaştiriş. Sayt mijoz olib keladi, Telegram bot buyurtmani qabul qiladi, CRM va ombor dasturi hisobni yuritadi, biznes egasi esa hammasini telefonidan körib turadi.
Har bir loyihani şartnoma va yozma reja bilan boşlaymiz, domen va server sizning nomingizga rasmiylaştiriladi. Namangandan taşqaridagi mijozlar bilan Telegram va video qönǵiroq orqali masofadan işlaymiz.
Jamoamiz 2017-yildan beri 1000 dan ortiq loyihada iştirok etgan va ularni töliq bajargan. Faqat kiçik biznes emas: kiçik dökon va kafedan tortib yirik korxonalar va xalqaro platformalargaça işlaymiz, ular orasida yuzlab yirik loyihalar bor. Masalan, Rossiya uçun qurilgan EkoDrom — qoǵoz, metall va plastik xomaşyosini sotib oliş va sotiş uçun töliq B2B/B2C savdo platformasi: logistika xizmati, bozor analitikasi va doimiy yangilanadigan birja narxlari bilan.
Namanganda qanday IT xizmatlarini körsatamiz
Har bir xizmat haqida batafsil — öz sahifasida.
Saytlar
Biznes uçun sayt yaratiş: korporativ sayt, landing sahifa, katalog va onlayn dökon. Telefonda tez oçiladi, Googleda topiladi, admin panel bilan.
1 000 $ dan
Mobil ilova
iOS va Android uçun mobil ilova yaratiş: mijoz, kuryer, sotuvçi va xodim ilovalari. Expo va React Native, server va admin panel bilan birga quriladi.
1 000 $ dan
Telegram bot
Telegram bot yaratiş: buyurtma qabul qiliş, mijozlarga xabar, xodimlar nazorati, anketa va mini-ilovalar. Bot CRM va ombor tizimingiz bilan ulanadi.
1 000 $ dan
CRM va ERP
Biznesingizga moslab CRM va ERP tizim yaratamiz: mijozlar, buyurtmalar, ombor, yetkaziş, tölov va hisobotlar bitta tizimda. Veb, mobil va Telegram.
1 000 $ dan
Ombor va POS
Ombor dasturi va kassa (POS) tizimi: kirim-çiqim, qoldiq, sotuv, çek printeri, qarzlar va hisobotlar. Kassa internet uzilganda ham işlaşda davom etadi.
1 000 $ dan
Desktop
macOS va Windows uçun desktop ilova yaratamiz: internetsiz işlaydi, avtomatik yangilanadi, çek printeriga ulanadi va server bilan sinxronlanadi.
1 000 $ dan
AI agentlar
AI integratsiya Namanganda: AI agent va çatbot yaratiş, Telegram, CRM va ERPʼga ulaş. Özbek tilida, matn va ovozli xabar bilan işlaydi.
1 000 $ dan
Integratsiya
Dasturingizni qurilmalar va taşqi tizimlar bilan ulaymiz: Hikvision Face ID terminallar, çek printerlari, Telegram, tölov va SMS xizmatlari, API.
1 000 $ dan
Nega mahalliy jamoa qulay
Yuzma-yuz uçraşuv
Namangan viloyati içida oldingizga boramiz: jarayonni joyida köramiz, xodimlaringizni özimiz örgatamiz.
Bitta jamoa — butun tizim
Sayt, server, admin panel, mobil ilova va bot bitta jamoa qölida, şuning uçun qismlar bir-biriga mos işlaydi.
Özbek va rus tilida
Interfeys, hujjatlar va öqitiş — xodimlaringizga qulay tilda.
Şartnoma va kafolat
Yozma reja, birinçi bosqiç — sinov, topşirilgandan keyin 1 oy bepul xato tuzatiş.
Qaysi sohalar uçun işlaymiz
Bu sohalarda işlab turgan tizimlarimiz bor — ularni loyihalar sahifasida körişingiz mumkin.
- Savdo platformasi
- Dökon
- Işlab çiqariş
- Yetkazib beriş
- Taʼlim
- Distributsiya
- Turizm
Namanganda IT xizmati böyiça savollar
- Namanganda dasturçi kerak — kimga murojaat qilsa böladi?
- Sayt, CRM, Telegram bot yoki mobil ilova kerak bölsa, UFLEXʼga yozing: Telegramʼda @ulugbek_mirdadaev yoki saytdagi ariza orqali. Vazifani aniqlab, qaysi qismlar kerakligini, narx va muddatni aytamiz. Alohida dasturçi qidirişdan farqi — butun tizimni bitta jamoa quradi va keyin ham qöllab-quvvatlaydi.
- Sayt va CRMʼni bitta jamoaga qildirsa böladimi?
- Ha, odatda şunday qiliş töǵri. Saytdan kelgan ariza CRMʼga tuşadi, menejerga Telegram orqali xabar boradi, mijozlar bazasi, vazifalar va hisobotlar bitta tizimda yuritiladi. Kerak bölsa, ombor, kassa va moliya bölimi ham şu tizimga qöşiladi.
- Namanganda IT (ayti) kompaniyani qanday tanlaş kerak?
- Avval işlab turgan loyihalarni sörang — rasmlarni emas, haqiqiy tizimni. Keyin şartnoma, bosqiçma-bosqiç reja hamda kod, domen va serverga kim egalik qilişini aniqlang. UFLEXʼda bu şartlar «Iş tartibi» sahifasida oçiq yozilgan.
- Namanganda sayt yoki dastur yaratiş qança turadi?
- Narx vazifaga boǵliq: bitta landing sahifa bilan ombor, kassa va mobil ilovadan iborat tizimning narxi har xil. Ariza qoldiring yoki Telegramʼda yozing — vazifani aniqlab, narx va muddatni yozma aytamiz.
- Alohida dasturçi yollaş yaxşimi yoki IT kompaniyaga buyurtma berişmi?
- Iş doimiy va katta bölsa, ştatdagi dasturçi foydali. Aniq tizim kerak bölsa — sayt, bot, CRM yoki ombor dasturi — uni bitta jamoaga buyurtma qiliş köpinça qulayroq: dizayn, server, ilova va qöllab-quvvatlaş bir joyda böladi.
- Ofisingiz qayerda, borsa böladimi?
- UFLEX Namangan viloyati, Yangiqörǵon tumani, Rovut şaharçasida. Mijozlarni qabul qiladigan ofisimiz yöq — Namangan şahri va viloyat tumanlarida uçraşuvga özimiz boramiz. Vaqtni Telegram yoki telefon orqali kelişamiz.
- Namangandan taşqarida ham işlaysizmi?
- Ha. Özbekistonning istalgan şahri va boşqa davlatlardagi (masalan, Rossiya) mijozlar bilan masofadan işlaymiz: suhbat video qönǵiroqda böladi, natija esa har bosqiçda havola orqali körsatiladi.
- UFLEX — Hindistondagi UFlex kompaniyasimi?
- Yöq. UFLEX (uflex.uz) — Namangan viloyatidagi IT kompaniya: sayt, dastur, Telegram bot va CRM yaratadi. Hindistondagi UFlex Limited qadoqlaş materiallari işlab çiqaradi va biz bilan heç qanday aloqasi yöq.
Loyihangizni muhokama qilamiz
Vazifani bir-ikki gap bilan yozing. Namangan viloyatida bölsangiz, uçraşuv vaqtini kelişamiz.
- @Ulugbek_Mirdadaev
- +998 99 657 26 00
- uflexuz@gmail.com
- Rovut, Yangiqörǵon tumani, Namangan viloyati
- Duşanba–şanba 09:00–19:00, yakşanba dam