Mobil ilova yaratish — iOS va Android uchun biznes ilovalari
Mijozlaringiz, kuryerlaringiz yoki xodimlaringiz uchun iOS va Android ilova yaratamiz. Ilova o‘z serveri va admin paneli bilan birga ishlaydi va App Store hamda Google Play do‘konlariga chiqariladi.
Biznes uchun mobil ilova alohida mahsulot emas, balki butun jarayonning bir qismi. Mijoz buyurtma beradi, kuryer uni yetkazadi, menejer esa hammasini admin panelda ko‘radi. Shuning uchun biz faqat ilova ekranlarini emas, uning serverini, ma’lumotlar bazasini va boshqaruv panelini ham yaratamiz. Hammasini bitta jamoa qilgani uchun tizim qismlari bir-biriga aniq mos tushadi.
Ilovalarni Expo va React Native yordamida yozamiz: bitta kod bazasidan iOS va Android uchun ilova chiqadi, bu esa ishlab chiqish va keyingi yangilanishlarni soddalashtiradi. Server qismi Node.js, PostgreSQL va Redis asosida quriladi. Push-bildirishnomalar, xarita va geolokatsiya, kamera, rasm yuklash va onlayn to‘lov kabi imkoniyatlar loyiha talabiga qarab qo‘shiladi.
Misollar: bir yetkazib berish xizmatida mijoz ham, kuryer ham bitta ilovadan foydalanadi. Maktablar uchun ota-onalar va ustozlar ilovasini yaratganmiz, u maktab boshqaruv tizimi bilan birga ishlaydi. Yetkazib berish marketpleysi uchun mijoz, sotuvchi va kuryerga alohida ilovalar qilganmiz, yana bir loyihada esa backend va admin paneli bilan sotuvchi ilovasini yaratganmiz. Namangandamiz, O‘zbekistonning istalgan shahridagi mijozlar bilan masofadan ishlaymiz.
Nimalar qilamiz
- Mijoz ilovalariKatalog, buyurtma berish, to‘lov holati va bildirishnomalar.
- Kuryer va xodim ilovalariTopshiriqlar, manzillar, holatni yangilash va hisobotlar.
- iOS va Android birgaExpo va React Native bilan bitta kod bazasidan ikki platforma.
- Server va admin panelIlova ma’lumotlari boshqariladigan backend va veb-panel.
- Push-bildirishnoma yuborishBuyurtma holati, aksiyalar va eslatmalar telefonga keladi.
- Do‘konlarga chiqarishIlovani App Store va Google Play do‘konlariga joylash va yangilash.
Kimlar uchun
- Yetkazib berish xizmatlari
- Marketpleyslar va onlayn do‘konlar
- Maktablar va o‘quv markazlari
- Distribyutorlar va savdo agentlari
- Kafe, restoran va novvoyxonalar
- Xizmat ko‘rsatish kompaniyalari
Shu yo‘nalishdagi loyihalar
Barcha loyihalar-
- Ombor tizimi
- Server va admin panel
- Mijozlar ilovasi
- Xodimlar va rahbariyat ilovasi
- Ofitsiant ilovasi
- +3
Kafe va ishlab chiqarish
Markazida ombor tizimi turgan kafe va ishlab chiqarish platformasi: mijozlar, xodimlar, ofitsiantlar va chek printeri uchun alohida ilovalar bitta server bilan ishlaydi.
-
- Server (API)
- Admin panel
- Windows desktop ilova
- Mijoz va kuryer ilovasi
- Push-bildirishnomalar
- +2
Yetkazib berish xizmati
Yetkazib berish xizmati uchun server, Windows ilovasi ham bor admin panel, mijoz va kuryer uchun bitta mobil ilova hamda landing sayt.
-
- Server va veb-panel
- Ota-onalar va ustozlar ilovasi
- Face ID davomat
- Maktab tarmog‘idagi agent
- Telegram bot
Maktablar
Maktablar uchun veb-panelga ega boshqaruv tizimi, ota-onalar va ustozlar ilovasi, Hikvision Face ID orqali avtomatik davomat va Telegram bot.
Mavzuga oid maqolalar
Barcha maqolalarSavollar
Mobil ilova yaratish qancha turadi?
Narx loyiha hajmiga bog‘liq: ekranlar soni, foydalanuvchi rollari, server va integratsiyalar. Ariza qoldiring — vazifani aniqlab, narx va muddatni aytamiz.
iOS va Android uchun alohida ilova kerakmi?
Odatda yo‘q. Expo va React Native bilan bitta kod bazasidan ikkala platforma uchun ilova chiqaramiz, bu vaqt va xarajatni tejaydi.
Ilova uchun server va admin panel ham qilasizmi?
Ha. Server, ma’lumotlar bazasi, admin panel va ilovaning o‘zini bitta jamoa yaratadi va serverda ishga tushiradi.
Ilovani App Store va Google Play do‘konlariga joylaysizmi?
Ha, do‘konlarga chiqarish jarayonini o‘zimiz olib boramiz. Dasturchi akkauntlari odatda kompaniyangiz nomiga ochiladi, shunda ilova sizga tegishli bo‘ladi.