Vazifa
Maktablarga o‘z ma’lumotlarini bitta tizimda yuritish, ota-onalar va ustozlarni bitta mobil ilova orqali bog‘lash hamda davomatni qo‘lda belgilamasdan avtomatik olish kerak edi. Buning uchun maktab binosidagi uskunalar ham tizimning bir qismiga aylanishi lozim edi.
Yechim
Tizimning asosi — server va veb-panel, maktab boshqaruvi shu yerda olib boriladi. Ota-onalar va ustozlar uchun mobil ilova tayyorlandi.
Davomat maktabdagi Hikvision Face ID terminallari orqali avtomatik qayd etiladi. Buning uchun maktab tarmog‘ida alohida agent o‘rnatilgan: u terminallar bilan maktab ichida ishlaydi va ma’lumotni tizim serveriga yetkazadi. Shunday qilib, maktabdagi uskunalar va server bir-biriga bog‘lanadi, davomat esa qo‘lda belgilanmaydi.
Tizimga Telegram bot ham ulangan.
Tizim qismlari
- Maktab boshqaruv tizimi — server va veb-panel
- Ota-onalar va ustozlar uchun mobil ilova
- Avtomatik davomat — Hikvision Face ID terminallari orqali
- Agent — maktab tarmog‘ida ishlaydi, terminallarni tizimga ulaydi
- Telegram bot
Texnologiyalar
- Node.js / TypeScript — server
- PostgreSQL — ma’lumotlar bazasi
- Redis — xotirada ishlaydigan tezkor ma’lumotlar ombori
- Expo — mobil ilova