Foydalaniş şartlari
1. Umumiy qoidalar
1.1. Uşbu şartlar uflex.uz sayti va UFLEX xizmatlaridan, jumladan «Abdullajon — AI menejer» xizmatidan foydalaniş tartibini belgilaydi.
1.2. Xizmat körsatuvçi: Ulug‘bek Mirdadayev, Rovut, Yangiqörǵon tumani, Namangan viloyati (keyingi örinlarda — «UFLEX», «biz»). Aloqa: uflexuz@gmail.com, +998 99 657 26 00, Telegram @Ulugbek_Mirdadaev.
1.3. Saytdan foydalaniş, ariza yoki boşqa forma yuboriş, Abdullajon sinovini boşlaş yoki unga tölov qiliş orqali siz uşbu şartlarni va Maxfiylik siyosatini qabul qilasiz. Rozi bölmasangiz, sayt va xizmatlardan foydalanmang.
1.4. Agar siz bilan alohida yozma şartnoma tuzilgan bölsa, şartnoma va uşbu şartlar örtasidagi farqda şartnoma ustun turadi.
2. Sayt
2.1. Saytdagi maʼlumot (xizmatlar tavsifi, narxlar, misollar) taniştiriş uçun berilgan va ommaviy oferta hisoblanmaydi. Buyurtma qilinadigan işlar (sayt, ilova, bot, tizim) narxi, muddati va şartlari har loyiha uçun alohida şartnomada kelişiladi.
2.2. Saytdagi matnlar, dizayn, rasmlar, logotip va dastur kodi UFLEXʼga tegişli. Ularni ruxsatsiz nusxalaş, tarqatiş yoki tijoriy maqsadda işlatiş taqiqlanadi. Saytda tilga olingan boşqa kompaniyalarning nomi va belgilari öz egalariga tegişli.
2.3. Saytdan foydalanuvçi quyidagilarni qilmaslikka rozi böladi: saytga ruxsatsiz kirişga uriniş, uning işini buziş yoki ortiqça yuklaş, formalar orqali spam, yolǵon yoki boşqa şaxs nomidan maʼlumot yuboriş.
2.4. Sayt «boriça» (as is) taqdim etiladi. Biz uning uzluksiz va xatosiz işlaşiga harakat qilamiz, lekin buni kafolatlamaymiz.
3. Abdullajon — AI menejer
3.1. Xizmat. Abdullajon — mijozning alohida Telegram akkauntida işlaydigan AI yordamçi: qönǵiroq qilib eslatadi, mijoz nomidan qönǵiroq qiladi va xabar yozadi, guruhlarni kuzatadi, mijoz ulagan xizmatlar (Gmail, Google Kalendar, Google Drive, YouTube, GitHub, Railway) bilan işlaydi. Imkoniyatlar röyxati — Abdullajon sahifasida.
3.2. Bepul sinov. Birinçi 3 kun bepul. Sinov tugaşidan oldin tölov hisobi yuboriladi; tölov qilinmasa xizmat töxtatiladi.
3.3. Narxlar. Bir martalik ulaniş — 1 250 000 söm (akkauntni sozlaş va ulaş işlari bajarilgaç qaytarilmaydi). Oylik obuna — 199 000 söm, har oy oldindan tölanadi. AI işlatilişi — post-pay: oy oxirida haqiqiy AI xarajati va unga 50% xizmat haqi qöşib hisoblanadi; AI limiti — oyiga 50 $ gaça, limit tugasa AI keyingi davrgaça töxtaydi. Dollardagi xarajat hisob tuzilgan kuni Özbekiston Markaziy banki kursida sömga aylantiriladi. Enterprise tarifi (oyiga 300 $ dan) va qöşimça connectorlarni ulaş şartlari alohida kelişiladi.
3.4. Tölov. Tölov har oy qölda qilinadi; kartangizdan avtomatik pul yeçilmaydi. Hisob tölov muddatidan 1 kun oldin Telegram orqali yuboriladi. Tölov muddatidan 2 kun ötib ham tölanmasa, xizmat vaqtinça töxtatiladi (pauza) va tölovdan keyin qayta yoqiladi. Narxlar özgarsa, kamida 10 kun oldin xabar beramiz; özgariş keyingi tölov davridan kuçga kiradi.
3.5. Bekor qiliş. Xizmatdan istalgan vaqtda voz keçişingiz mumkin — bizga yozing yoki keyingi oyni tölamang. Boşlangan oy uçun tölangan obuna va işlatilgan AI qaytarilmaydi.
3.6. Mijozning majburiyatlari. Mijoz:
- Abdullajon uçun öz SIM-kartasini beradi; Telegram akkaunti va raqam mijozniki va mijoz ular uçun javob beradi;
- Telegram qoidalariga, Özbekiston qonunçiligiga rioya qiladi va Abdullajondan spam, ommaviy söralmagan xabarlar, firibgarlik, tahdid, haqorat yoki boşqa noqonuniy maqsadda foydalanmaydi;
- Abdullajon orqali qönǵiroq qilinadigan, xabar yoziladigan yoki maʼlumoti işlov beriladigan şaxslar bilan munosabatda zarur roziliklar va qonuniy asos bölişi uçun javob beradi;
- ulaş kodi va akkauntga kiriş maʼlumotlarini boşqalarga bermaydi.
3.7. AI haqida ogohlantiriş. Abdullajon sunʼiy intellektga asoslangan va xato qilişi, gapni notöǵri tuşunişi yoki noaniq javob berişi mumkin. Muhim qarorlar, pul, hujjat va huquqiy masalalarda uning javobini tekşiring. Abdullajon faqat egasining buyruǵini bajaradi; öçiriş, bloklaş, çatdan çiqiş kabi qaytarib bölmaydigan işlar egasining aniq tasdiǵidan keyin qilinadi.
3.8. Uçinçi tomon xizmatlari. Abdullajon Telegram, Google, Anthropic, GitHub, Railway va boşqa xizmatlar orqali işlaydi. Ularning nosozligi, qoidalari özgarişi yoki akkauntni çeklaşi (masalan, Telegram akkauntni bloklaşi) uçun UFLEX javob bermaydi, lekin muammoni hal qilişga yordam beradi.
3.9. Xizmatni töxtatiş. Uşbu şartlar qöpol buzilsa (spam, firibgarlik, qonunbuzarlik), UFLEX xizmatni oldindan ogohlantirmasdan töxtatişi mumkin; bu holda tölangan pul qaytarilmaydi.
4. Masʼuliyatni çeklaş
4.1. UFLEX bilvosita zararlar, boy berilgan foyda, uçinçi tomon xizmatlarining işlamay qolişi yoki mijozning buyruǵi bilan qilingan harakatlar oqibatlari uçun javob bermaydi.
4.2. Har qanday holatda UFLEXʼning javobgarligi mijoz oxirgi oy uçun xizmatga tölagan summadan oşmaydi. Bu çeklov qonunda çeklab bölmaydigan javobgarlikka taalluqli emas.
5. Nizolar va qonunçilik
5.1. Uşbu şartlarga Özbekiston Respublikasi qonunçiligi qöllaniladi.
5.2. Nizolar avval muzokara yöli bilan hal qilinadi: uflexuz@gmail.com yoki Telegram @Ulugbek_Mirdadaev orqali yozing — 10 iş kuni içida javob beramiz. Kelişuvga erişilmasa, nizo xizmat körsatuvçi joylaşgan joydagi (Namangan viloyati) sudda köriladi.
6. Özgartirişlar
6.1. Biz bu şartlarni özgartirişimiz mumkin. Yangi tahrir şu sahifada eʼlon qilingan kundan kuçga kiradi; Abdullajon mijozlariga muhim özgarişlar haqida kamida 10 kun oldin Telegram orqali xabar beramiz.
7. Aloqa
Savollar bölsa: uflexuz@gmail.com, +998 99 657 26 00, Telegram @Ulugbek_Mirdadaev.