UFLEX
Ariza
Xizmatlar

Integratsiya — Face ID terminallar, chek printerlari va tashqi tizimlarni ulash

Alohida ishlaydigan dasturlar va qurilmalarni bitta tizimga bog‘laymiz: davomat terminali, chek printeri, Telegram, to‘lov va SMS xizmatlari ma’lumotni qo‘lda ko‘chirmasdan almashadi.

Ko‘p bizneslarda ma’lumot bir dasturdan boshqasiga qo‘lda ko‘chiriladi: terminaldagi davomat jadvalga yoziladi, saytdagi buyurtma kassaga qayta kiritiladi. Bu vaqt oladi va xatolarga olib keladi. Integratsiya tizimlarni bevosita bog‘laydi: hodisa bir joyda sodir bo‘lishi bilan ma’lumot kerakli joyga avtomatik yetib boradi, xodimlar esa bitta tizimda ishlaydi.

Maktablar misolida Hikvision Face ID terminallari ISAPI orqali maktab boshqaruv tizimiga ulangan: o‘quvchilar davomati terminaldan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bazaga tushadi, ota-onalar va ustozlar uchun mobil ilova ham shu tizim bilan ishlaydi. Bir kafe va ishlab chiqarish korxonasida esa alohida chek printeri ilovasi buyurtma va cheklarni printerga chiqaradi. Tom yopish materiallari do‘koni uchun qilingan tizim mijozlarga xabarlarni Telegram orqali yuboradi.

Tashqi xizmatlar bilan ham ishlaymiz: Telegram orqali xabarlar, loyiha talab qilsa to‘lov tizimlari va SMS xizmatlari, API orqali boshqa dasturlar bilan ma’lumot almashish. Mavjud dasturingiz bo‘lsa, uni almashtirmasdan yangi tizim bilan ma’lumot almashadigan qilib ulash yo‘lini topamiz. Ulanishni avval sinovda tekshirib, keyin kundalik ish jarayoniga qo‘shamiz.

Nimalar qilamiz

  • Face ID terminallarHikvision davomat terminallarini ISAPI orqali tizimga ulash.
  • Chek printerlariChek va buyurtma varaqlarini avtomatik chop etish.
  • Telegram integratsiyasiMijoz va xodimlarga xabar va bildirishnomalar yuborish.
  • To‘lov va SMSLoyiha talab qilsa, to‘lov tizimlari va SMS xizmatlarini ulash.
  • API orqali almashinuvMavjud dasturlaringiz bilan API orqali ma’lumot almashish.
  • Sayt va tizimni bog‘lashSaytdagi ariza va buyurtmalar CRM yoki omborga avtomatik tushadi.

Kimlar uchun

  • Maktablar va o‘quv markazlari
  • Avtomaktablar
  • Ishlab chiqarish korxonalari
  • Kafe, restoran va novvoyxonalar
  • Do‘konlar va savdo tarmoqlari
  • Xodimlar davomatini nazorat qiladigan kompaniyalar

Shu yo‘nalishdagi loyihalar

Barcha loyihalar

Savollar

  • Integratsiya narxi qancha?

    Narx ulanadigan qurilma yoki tizim turiga va ularning soniga bog‘liq. Ariza qoldiring — vazifani aniqlab, narx va muddatni aytamiz.

  • Qaysi Face ID terminallar bilan ishlaysiz?

    Hikvision Face ID terminallari bilan amalda ishlaganmiz (ISAPI orqali). Boshqa model bo‘lsa, uning hujjatlari va ulash imkoniyatini ko‘rib chiqib aytamiz.

  • Mavjud dasturimizni almashtirish kerakmi?

    Shart emas. Agar dasturda API yoki eksport imkoniyati bo‘lsa, uni yangi tizim bilan ulaymiz. Bo‘lmasa, eng qulay yo‘lni birga tanlaymiz.

  • To‘lov tizimlarini ulaysizmi?

    Ha, loyiha talab qilsa, to‘lov va SMS xizmatlarini ulaymiz. Buning uchun odatda xizmat ko‘rsatuvchi bilan kompaniyangiz nomidan shartnoma tuziladi.

Boshqa xizmatlar