UFLEX
Telegram

Abdullajon — aqlli yordamçingiz va nazoratçi xodimingiz

Topşiriqni nazorat qiladi va özi ham bajaradi. Xodimlardan hisobot söraydi, iş bajarilganini tekşiradi, muhim narsani ötkazib yubormaydi; xat, hisobot, dizayn va videoni esa özi tayyorlaydi. Unga oddiy xodimga gapirgandek yozasiz yoki ovozli xabar yuborasiz — özbek tilida, Telegramʼda.

  • 3 kun bepul
  • Ulaniş 1 250 000 söm
  • 199 000 söm / oy

Abdullajon qanday işlaydi

Abdullajon qayerda işlaydi

Telegram, poçta, kalendar, GitHub, server yoki savdo tizimingiz — bular Abdullajonning iş joyi. Qaysi biri ulansa, u öşa yerni ham kuzatadi: muhimini aytadi, topşiriqni bajaradi, keçikkan işni eslatadi. Har mijozning ulanişi alohida, ruxsatlar şifrlangan holda faqat sizning Abdullajoningiz bazasida saqlanadi.

Boşqa tizimlarni (CRM, buxgalteriya, sayt, içki dasturlar va h.k.) ulaş alohida kelişuv asosida qilib beriladi.

Abdullajon paneli (demo maʼlumot bilan).
Abdullajon paneli (demo maʼlumot bilan).

Qanday ulanadi

  1. Alohida raqam

    Abdullajon uçun yangi SIM-karta olasiz — u şu raqamdagi Telegram akkauntida işlaydi. Şaxsiy raqamingiz kerak emas.

  2. Ulaş

    Biz akkauntni sozlaymiz, siz SIMʼga kelgan Telegram kodini aytasiz. Keyin sizga 6 xonali ulaş kodi beriladi.

  3. Işga tuşadi

    Kodni Abdullajonga yozasiz — u sizni egasi deb taniydi va salom yozadi. Şundan keyin u faqat sizning buyruǵingiz bilan işlaydi.

Narxlar

  • Ulaniş

    1 250 000 söm

    bir martalik

    Telegram akkauntini sozlaş, sizga ulaş va birinçi işlarni birga yölga qöyiş.

  • Oylik obuna

    199 000 söm

    har oy

    Abdullajonning barça imkoniyatlari, server va qöllab-quvvatlaş.

  • AI işlatilişi

    Post-pay

    oyiga 50 $ gaça

    Oy oxirida haqiqiy AI xarajati böyiça: xarajat va 50% xizmat haqi.

Enterprise

oyiga 300 $ dan

Katta jamoa va köp iş uçun: yuqori AI limiti, qöşimça connectorlar (CRM, buxgalteriya, içki tizimlar), şaxsiy sozlaş va ustuvor qöllab-quvvatlaş. Şartlar alohida kelişiladi.

Kelişiş uçun yozing
  • Ulaniş narxi bir marta tölanadi, keyin faqat oylik obuna va işlatilgan AI.
  • Qöşimça connectorlarni ulaş — alohida kelişuv asosida.
  • AI limiti oyiga 50 $ gaça — hisob undan oşmaydi.
  • Birinçi 3 kun bepul. Tölov har oy qölda qilinadi, kartangizdan avtomatik pul yeçilmaydi.

Savol-javob

Nega alohida raqam kerak?
Abdullajon öz Telegram akkauntida işlaydi: sizga qönǵiroq qiladi, odamlarga yozadi, guruhlarga qöşiladi. Şuning uçun unga alohida raqam kerak. SIM sizda qoladi, akkaunt sizniki.
Yozişmalarimni kim köradi?
Har mijozning Abdullajoni alohida işlaydi. Boşqaruv panelida biz faqat holat, xarajat va tölovni köramiz — yozişma, qönǵiroq matni va sörovlaringiz panelda körinmaydi.
U özboşimçalik qilmaydimi?
Abdullajon faqat egasining — sizning — buyruǵini bajaradi. Öçiriş, bloklaş, çatdan çiqiş kabi qaytarib bölmaydigan işlarni aniq tasdiǵingizsiz qilmaydi.
AI xarajati qança çiqadi?
Qança işlatişingizga boǵliq: matnli buyruqlar arzon, uzoq qönǵiroqlar qimmatroq. Oy oxirida haqiqiy xarajat böyiça hisob beriladi, AI limiti esa uni oyiga 50 $ bilan çeklab turadi.
Qaysi tilda gapiradi?
Özbek tilida — qönǵiroqda ham, yozişmada ham. Sizga qanday murojaat qilişini («oka», «aka», ismingiz bilan) özingiz tanlaysiz.
Google akkauntimni ulaş şartmi?
Yöq, ixtiyoriy. Ulasangiz, Abdullajon Gmail va Kalendaringiz bilan işlaydi. Ruxsat şifrlangan holda faqat sizning Abdullajoningiz bazasida saqlanadi, boşqa mijozlarga körinmaydi va istalgan payt uziladi.

Bepul sinovga yoziling

Ismingiz va telefoningizni qoldiring — Abdullajonni ulaş uçun özimiz boǵlanamiz.

Maʼlumotlaringiz faqat siz bilan boǵlaniş uçun işlatiladi.