Abdullajon sizning tizimingizda: savdo, qarz va omborni nazorat qiladi
Biznesingiz qaysi tizimda işlasa — CRM, savdo, ombor, kassa yoki öz dasturingiz — Abdullajonni öşanga ulab beramiz. U tizimdagi raqamlarni gap bilan aytadi, qarz va qoldiqni özi tekşirib turadi va ruxsat berilgan işlarni bajaradi. Har connector şu mijoz uçun alohida yoziladi va faqat uning Abdullajonida işlaydi.
Abdullajon bu yerda nima qiladi
Özi tekşirib turadi
«Har kuni 9:00 da muddati ötgan qarzlarni tekşir», «har duşanba ötgan hafta savdosini yoz» — belgilangan vaqtda tizimga özi kirib tekşiradi va aytadigan gap bölsagina yozadi.
Qanday tizimlar
CRM, savdo va distribyutsiya, ombor, kassa (POS), buxgalteriya, onlayn dökon, özingizning içki dasturingiz — API yoki baza orqali kiriş bölsa, ulanadi.
Misol: Ritm (ritm.uz)
Distribyutsiya kompaniyasi uçun ulangan connector: bugungi va oylik savdo — agentlar, mijozlar va kunlar kesimida; buyurtmalar, ombor qoldiǵi, kirim va taʼminotçilar.
Qarzdorlar
Ritmʼdagi «Акт сверки» bilan bir xil hisob: kim qança qarz, umumiy qarz, «30 kundan oşgan qarzdorlar» — Excel yoki rasm qilib yuboradi.
Kassa va hisobotlar
Kassalar qoldiǵi, kirim va çiqim, xarajat turkumlari, ombor qiymati; tasdiqlanmagan kassa yozuvlarini har 5 daqiqada avtomatik tasdiqlaş (egasi yoqsa).
Guruhda hisob-kitob
Taʼminotçi bilan Telegram guruhida hisob-kitobni Abdullajonga topşiriş mumkin: guruhda söraşsa, faqat öşa taʼminotçi böyiça postavka, tölov va qarzni aytadi.
Suhbat namunasi
Ritm connectori: bugungi savdo agentlar böyiça va 30 kundan oşgan qarzdorlar.
Namuna: ism, raqam va summalar töqima — demo maʼlumot.

Qanday ulanadi
Siz qaysi tizimda işlaşingizni va Abdullajon nima qilişi kerakligini aytasiz.
Biz tizimning APIʼsini örganib, siz uçun alohida connector yozamiz va Abdullajoningizga qöşamiz.
Ulaniş maʼlumotini panelga kiritasiz (Ritmʼda — subdomen, login va parol). Parol saqlanmaydi: server bir marta kirib, faqat kiriş tokenini şifrlab saqlaydi.
Narx va muddat tizimga qarab alohida kelişiladi.


Xavfsizlik va çeklovlar
- Abdullajon tizimda siz bergan login ruxsatlari doirasida işlaydi — ortiq emas.
- Maʼlumotni özgartiriş va öçiriş faqat sizning «ha» tasdiǵingiz bilan bajariladi; öqiş — darhol.
- Connector faqat sizning Abdullajoningizda işlaydi, boşqa mijozlarga körinmaydi.
- Token va kiriş maʼlumotlari şifrlangan, loglarga tuşmaydi.
Savol-javob
- Mening tizimimda API yöq bölsa-çi?
- Köp tizimlarda baza yoki eksport orqali yöl bor. Tizimni körib, qanday ulaş mumkinligini aytamiz.
- Connector qança turadi?
- Tizimning murakkabligi va kerakli amallarga qarab alohida kelişiladi. Enterprise tarifiga qöşimça connectorlar kiradi.
- Ritm faqat misolmi?
- Ha. Ritm — biz bir mijoz uçun ulagan tizimlardan biri. Siz işlatadigan tizim uçun ham xuddi şunday connector yoziladi.
Abdullajon yana qayerda işlaydi
- Işlayapti
Telegram
Asosiy iş joyi: xabarlar, guruhlar, kanallar, rejali va takroriy xabarlar.
Batafsil - Işlayapti
Telefon qönǵiroqlari
Eslatma qönǵiroqlari, ertalabki xulosa va siz nomingizdan qönǵiroq.
Batafsil - Işlayapti
Gmail
Muhim xatlar haqida xabar, qidiruv, öqiş, javob, uzatiş, arxiv.
Batafsil - Işlayapti
Google Kalendar
Uçraşuvlarni aytadi, kalendarga yozadi, oldindan qönǵiroq qiladi.
Batafsil - Işlayapti
Google Drive
Kerakli faylni nomi yoki içidagi matn böyiça topadi.
Batafsil - Işlayapti
YouTube
Kanal statistikasi, yangi izohlar, javob, like, obuna, video yuklaş.
Batafsil - Işlayapti
GitHub
Repolar holati, commitlar, issue va PR, merge, release va boşqa amallar.
Batafsil - Işlayapti
Railway
Serverlar xarajati, oy oxiriga prognoz, servislar va deploy holati.
Batafsil - Tez kunda
Instagram
Post, reels, story, Direct va izohlarga javob, statistika.
Batafsil