Abdullajon poçtangizni kuzatadi: muhim xatni ötkazib yubormaydi
Poçtani oçib ötirmaysiz — Abdullajon unga siz uçun qarab turadi. Bank, soliq yoki domen muddati haqida muhim xat kelsa, özi aytadi; kerakli xatni topib öqib beradi va siz aytgan javobni öşa xat zanjirida yuboradi.
Abdullajon bu yerda nima qiladi
Muhim xat kelsa xabar beradi
Bank, soliq, davlat xizmatlari, domen muddati, tölov va hisob-fakturalar kabi muhim xatlarni ajratib, Telegramʼda qisqa aytadi. Reklama va ijtimoiy tarmoq xatlarini çetlab ötadi.
Qidiradi va öqib beradi
«Bankdan kelgan oxirgi xat», «keça kelgan öqilmaganlar» — Gmail qidiruvi bilan topadi va xatni töliq öqib, qisqa mazmunini aytadi.
Yozadi, javob beradi, uzatadi
Siz aytgan mazmunda yangi xat yozadi, kelgan xatga öşa zanjirda javob qaytaradi yoki xatni boşqa manzilga uzatadi.
Poçtani tartiblaydi
Arxivlaydi, yulduzça qöyadi, öqilgan/öqilmagan qiladi, spamga yuboradi yoki spamdan çiqaradi, savatga öçiradi va qaytaradi.
Bir neçta akkaunt
Bir neçta Gmail ulansa, qidiruvni hammasida bir vaqtda qiladi va javob qaysi akkauntdan ketişini özi biladi.
Ertalabki xulosada
Ertalabki qönǵiroqda tun böyi kelgan muhim xatlarni ham aytib beradi.
Suhbat namunasi
Muhim xatlar xulosasi, bankka javob va reklama xatlarini arxivlaş.
Namuna: ism, raqam va summalar töqima — demo maʼlumot.

Qanday ulanadi
Panelda Ulanişlar → Poçta (Gmail) → «Ulaş» ni bosasiz — Googleʼning rasmiy kiriş oynasi oçiladi.
Google akkauntingizni tanlab, ruxsatlarni belgilaysiz. Şu bitta ulaniş bilan Kalendar, Drive va YouTube ham işlaydi.
Muqobil yöl: Google akkaunt sozlamalaridagi «ilova paroli» bilan ulaş — bunda Abdullajon xatlarni faqat qidiradi va öqiydi.
Ulaniş istalgan payt panelda yoki Google akkaunt sozlamalarida uziladi.


Xavfsizlik va çeklovlar
- Google parolingiz Abdullajonga berilmaydi — ulaniş Googleʼning rasmiy ruxsat oynasi orqali böladi.
- Kiriş tokeni serverda şifrlangan holda, faqat sizning Abdullajoningiz bazasida saqlanadi.
- Xatni butunlay öçiriş imkoniyati yöq: öçirilgan xat 30 kun savatda turadi va qaytariladi.
- Xat içidagi matn Abdullajonga buyruq böla olmaydi: xat öqilgan sörovda yangi xat yoki javob yuborişdan oldin tasdiq söraladi.
Savol-javob
- Barça xatlarimni öqiydimi?
- Faqat söraganingizda yoki muhim xatlarni tekşirganda. Muhim xat tekşiruvi oxirgi bir kunning kiruvçi xatlari bilan işlaydi.
- Korporativ (Google Workspace) poçta ham ulanadimi?
- Ha, Google Workspace akkaunti ham şu yöl bilan ulanadi. Taşkilot administratori uçinçi tomon ilovalarini çeklagan bölsa, avval uning ruxsati kerak böladi.
- Ulanişni qanday uzaman?
- Panelda bitta tugma bilan yoki Google akkaunt sozlamalarida «Uçinçi tomon ilovalari» bölimidan.
Abdullajon yana qayerda işlaydi
- Işlayapti
Telegram
Asosiy iş joyi: xabarlar, guruhlar, kanallar, rejali va takroriy xabarlar.
Batafsil - Işlayapti
Telefon qönǵiroqlari
Eslatma qönǵiroqlari, ertalabki xulosa va siz nomingizdan qönǵiroq.
Batafsil - Işlayapti
Google Kalendar
Uçraşuvlarni aytadi, kalendarga yozadi, oldindan qönǵiroq qiladi.
Batafsil - Işlayapti
Google Drive
Kerakli faylni nomi yoki içidagi matn böyiça topadi.
Batafsil - Işlayapti
YouTube
Kanal statistikasi, yangi izohlar, javob, like, obuna, video yuklaş.
Batafsil - Işlayapti
GitHub
Repolar holati, commitlar, issue va PR, merge, release va boşqa amallar.
Batafsil - Işlayapti
Railway
Serverlar xarajati, oy oxiriga prognoz, servislar va deploy holati.
Batafsil - Tez kunda
Instagram
Post, reels, story, Direct va izohlarga javob, statistika.
Batafsil - Alohida kelişuv
Istalgan tizimga ulaniş
CRM, savdo, ombor, buxgalteriya yoki öz dasturingiz — mijozning özi uçun alohida connector.
Batafsil