Vazifa
Moy almaştiriş servisida har bir mijozning maşinasi, moy qaçon va qaysi probegda almaştirilgani, qaysi filtrlar yangilangani va keyingi xizmat qaçon kerakligini yodda tutiş kerak. Şu bilan birga ombordagi mahsulotlar, savdo, foyda va mijozlarning qarzi ham bitta joyda hisoblanişi kerak edi.
Yeçim
UFLEX veb admin panel, boşqaruv uçun mobil ilova va ularga xizmat qiluvçi server qurdi. Mijozlar bazasida har bir mijozning maşinalari davlat raqami va kunlik hamda oylik yuriş masofasi bilan saqlanadi.
Har bir xizmatda joriy probeg, moy qaysi probegga möljallangani, keyingi keliş probegi hamda moy, havo, yoqilǵi va salon filtrlari almaştirilgani yoziladi. Işlatilgan mahsulotlar ombordan hisobdan çiqadi; çegirma, tölangan summa, qarz va foyda söm hamda dollarda hisoblanadi.
Tizim mijozga SMS yuboradi: xizmatdan keyin va keyingi xizmatdan bir kun oldin eslatma. Qarzni tölaş kuni kelganda ham SMS ketadi. SMS şablonlari, xabarlarning yetkaziliş holati va SMS balansi admin panelda körinadi. Mijoz oxirgi xizmat çekini alohida havola orqali oçib köra oladi.
Ombor bölimida mahsulotlar tannarxi, sotuv narxi, minimal qoldiǵi va rasmlari bilan yuritiladi. Adminlarga bölimlar böyiça alohida ruxsat beriladi, yangi xizmat va buyurtmalar haqida esa Telegram guruhga xabar keladi.
Tizim qismlari
- Veb admin panel
- Boşqaruv mobil ilovasi
- Mijozlar va maşinalar bazasi
- Xizmatlar tarixi — probeg, moy va filtrlar
- SMS eslatmalar — xizmatdan keyin, keyingi xizmat va qarz tölovi oldidan
- Ombor — narxlar, qoldiq, rasmlar
- Qarzdorlar — söm va dollarda
- Telegram xabarnomalar
Texnologiyalar
- Node.js (Express) — server qismi
- PostgreSQL — maʼlumotlar bazasi
- React — admin panel
- Expo / React Native — mobil ilova
- Eskiz — SMS xabarlar