Vazifa
Mebel buyurtma asosida yasaladi: har bir buyurtmaning öz mijozi, kelişilgan summasi, muddati, material va xizmat xarajatlari bor. Işni bir neçta usta bajaradi va ularga bajargan işi uçun, avans yoki maoş sifatida pul beriladi; menejer va yetkazib beruvçi ham öz uluşini oladi. Har bir buyurtma böyiça qança pul tuşgani, qança qolgani va qança foyda qolganini daftarsiz, bir joyda köriş kerak edi.
Yeçim
UFLEX server, admin panel va işlar namunalari saytini yaratdi. Har bir buyurtma tizimda loyiha sifatida oçiladi: mijoz, menejer, yetkazib beruvçi, qabul qilingan, boşlaniş va topşiriş sanalari, holati (yangi, jarayonda, topşirilgan, bekor qilingan) va kelişilgan summa yoziladi.
Loyihaga mijoz tölovlari (naqd, karta yoki qarz), xarajatlar (material, tayyor mebel, xizmat, logistika — yetkazib berilgan-berilmagani bilan) hamda menejer va yetkazib beruvçi tölovlari qöşiladi. Tölangan va qolgan summa hamda foyda har bir özgarişda avtomatik qayta hisoblanadi.
Ustalar bajargan iş kvadrat metr va bir kvadrat metr narxi bilan yoziladi, tasdiqlanadi va tölanadi — qisman tölaş ham mumkin. Iş haqi, avans va maoş ustaning balansiga yoziladi; usta va menejer tizimga öz hisobi bilan kirib, «Mening balansim» bölimida hisob-kitobini köradi. Har bir rol — administrator, menejer, yetkazib beruvçi va usta — faqat öziga ruxsat berilgan bölimlarni köradi.
Mijozga SMS avtomatik ketadi: buyurtma qabul qilinganda — kelişilgan, olingan va qolgan summa hamda boşlaş va yakunlaş sanasi bilan, buyurtma topşirilganda esa minnatdorçilik xabari. Administrator tanlangan mijozlarga şablon asosida ommaviy SMS yubora oladi, xabarlarning yetkaziliş holati avtomatik tekşirib boriladi. Mijoz kartasida u korxonani qayerdan topgani — Instagram, Telegram, sayt yoki banner — ham belgilanadi.
Boşqaruv panelida tanlangan davr böyiça kirim va çiqim, loyihalar statistikasi, sönggi amallar, mijozlar va ustalar körinadi. Işlar namunalari saytida mebellar oşxona, yotoqxona, bolalar xonasi va şkaf turkumlari böyiça körsatiladi, u yerdan Telegram yoki telefon orqali boǵlaniş mumkin.
Tizim qismlari
- Admin panel — boşqaruv paneli, davr böyiça kirim-çiqim
- Loyihalar (buyurtmalar) — muddatlar, holat, tölovlar, foyda
- Mijozlar bazasi — qayerdan kelgani bilan
- Xarajatlar — material, tayyor mebel, xizmat, logistika
- Ustalar işi va balansi — kvadrat metr böyiça hisob, avans, maoş
- Menejer va yetkazib beruvçi tölovlari
- SMS xabarnomalar — avtomatik, ommaviy va şablonlar
- Işlar namunalari sayti — turkumlar böyiça
Texnologiyalar
- Node.js (Express) — server qismi
- MongoDB — maʼlumotlar bazasi
- React (Mantine) — admin panel va sayt
- Eskiz — SMS xabarlar