Vazifa
Göşt dökonida mahsulot kilogramm yoki dona bilan sotiladi, mijozlarning bir qismi nasiyaga oladi, savdo esa bir neçta filialda bölişi mumkin. Har bir filialdagi qoldiq, kim qança sotgani, mijozning qarzi va kassadagi kirim-çiqim bir joyda körinişi kerak edi.
Yeçim
UFLEX server va admin paneldan iborat tizim qurdi. Mahsulotlar kategoriyalar böyiça, ölçov birligi, tannarx va sotuv narxi bilan yuritiladi, har bir mahsulot uçun ştrix-kod yorliǵini çop etiş mumkin. Har bir filialning öz ombori bor va qoldiq filial böyiça hisoblanadi.
Sotuvçilar öz hisobi bilan kirib sotuvni rasmiylaştiradi: çegirma, soliq, tölov turi va xaridor belgilanadi. Nasiyaga olgan mijozlar uçun qarz daftari yuritiladi — har bir yozuvda oldingi va keyingi balans saqlanadi. Kassa bölimida kirim va çiqim tranzaksiyalari yoziladi.
Mijozlarga SMS şablonlar asosida yuboriladi, har bir xabarning yetkaziliş holati va narxi avtomatik tekşirib boriladi. Boşqaruv panelida sotuvlar, kunlik sotilgan mahsulotlar va umumiy körsatkiçlar körinadi. Maʼlumotlar bazasining zaxira nusxasi har kuni avtomatik olinadi va Telegram orqali yuboriladi.
Tizim qismlari
- Admin panel — boşqaruv paneli va hisobotlar
- Filiallar va har bir filial ombori
- Mahsulotlar — kategoriyalar, narxlar, ştrix-kod yorliqlari
- Sotuvlar — sotuvçi, çegirma, tölov turi
- Mijozlar qarz daftari
- Kirim-çiqim (kassa)
- Xodimlar va filial menejerlari
- SMS xabarnomalar — şablonlar va yetkaziliş holati
- Kunlik zaxira nusxa — Telegramʼga
Texnologiyalar
- Node.js (Express) — server qismi
- PostgreSQL (Prisma) — maʼlumotlar bazasi
- React (Mantine) — admin panel
- Eskiz — SMS xabarlar