Vazifa
Xodimga Telegram’da oddiy xabar orqali berilgan topshiriqni nazorat qilish qiyin: u haqiqatan bajarildimi-yo‘qmi, yozishmadan aniq bilib bo‘lmaydi. UFLEX bu masalani hal qilish uchun o‘z mahsulotini yaratdi — Topshiriqchi.
Yechim
Topshiriqchi — Telegram ichida ishlaydigan topshiriq berish va nazorat tizimi. Xodim topshiriqni bot orqali oladi va uni bajarganini video-isbot bilan tasdiqlaydi. Shunda nazorat so‘z bilan emas, video bilan amalga oshadi.
Tizim ko‘p kompaniyali qilib qurilgan: har bir kompaniya o‘z botiga ega va o‘z xodimlari bilan alohida ishlaydi. Barcha kompaniyalar superadmin veb-panel orqali boshqariladi.
Xodimlar uchun alohida ilova o‘rnatish shart emas: ular allaqachon foydalanib yurgan Telegram ichida ishlaydi.
Mahsulot haqida batafsil ma’lumot — topshiriqchi.uz saytida.
Tizim qismlari
- Har bir kompaniya uchun alohida Telegram bot
- Topshiriq berish va qabul qilish
- Video-isbot bilan nazorat
- Ko‘p kompaniyali tuzilma
- Superadmin veb-panel
Texnologiyalar
- Python (aiogram) — Telegram botlar
- PostgreSQL — ma’lumotlar bazasi
- S3 xotira — fayllar va videolarni saqlash